Криминал

Farg‘onada bo‘ron kuzatilib, kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘di

Farg‘ona viloyatining ayrim hududlarida 10-iyun kuni kuchli shamol, yomg‘ir va do‘l hodisalari kuzatildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 10-iyun kuni soat 16:25 da Farg‘ona shahrida qisqa muddatli kuchli shamol kuzatilgan. Oqibatda Al-Farg‘oniy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qoplamasini yerga uchirib tushgan

Voqea joyiga zudlik bilan shahar FV bo‘limi xodimlari yetib borgan. Hozirda tegishli xizmatlarning kuch-vositalari jalb etilgan holda vaziyat oqibatlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Farg‘ona viloyat FVB kuchli shamol tufayli sodir bo‘lgan talafotlarni bartaraf etish jarayonidan suratlar bilan bo‘lishdi.

Telegram’dagi “Uzb_Meteo” kanali va bir qancha fuqarolarning ma’lum qilishicha, Farg‘ona vodiysining janubiy hududlari, xususan, Farg‘ona viloyatining ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir va do‘l hodisalari kuzatilgan.

Avvalroq 10—14-iyun kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

LEAVE A RESPONSE

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan