ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО

Sirdaryoda fuqaroga “prava” olib berish evaziga 100 dollar olgan shaxslar ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 2 ta moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilib, evaziga pul talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, olingan tezkor ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Shaxsiy xavfsizlik Bosh boshqarmasi Sirdaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi, Boshqarma Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Guliston shahar hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada N.R hamda I.B. ismli fuqarolar  “B” toifasidagi yengil avtomashinalarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga D.M.dan 100 dollar miqdordagi pulni olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan N.R. hamda I.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi, 25, 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

LEAVE A RESPONSE

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan