СПОРТ

ФИФA «Навбаҳор» устидан иш очди: клубда 5 миллиард 300 миллион сўм қарздорлик бор

Rossiyalik Aleksey Belenkov 2019-yil boshida «Navbahor»da bosh murabbiy yordamchisi sifatida ishlagan.
Biroq Belenkov bilan 2023-yil 30-noyabrga qadar tuzilgan shartnomani muddatdan avval bekor qilingan hamda klub yordamchi murabbiyga shartnoma bo‘yicha pullarini to‘lamagan. Murabbiyning yuristlari «Navbahor»ga 150 ming AQSh dollari to‘lashni va barcha masala yopilishini ma’lum qilishgan. Biroq klub bunga e’tibor qilmagan.
Aleksey Belenkov FIFAga murojaat qilgan, uning huquqlarini SILA kompaniyasi himoya qildi. Ushbu kompaniya o‘z vaqtida italiyalik Fabio Kapelloning huquqini himoya qilgan va Rossiya futbol Ittifoqi ushbu murabbiyga kerakli summani to‘lab bergandi.

«Navbahor» 30 kun ichida Belenkovga 520 ming AQSh dollari (taxminan 5 milliard 300 million so‘m) to‘lashi shart, aks holda FIFA sanksiyalar qo‘llaydi. Bular transferlarni amalga oshirishga taqiq qo‘yish, ochkolar olib tashlash va quyi ligaga tushirib yuborish bo‘lishi mumkin.
Afsuski o‘zbek klublari uchun xorijiy futbolchilar va murabbiylar bilan shartnomani mana shunday tarzda bekor qilishi odatiy holga aylangan. Klublarimizda malakali yuristlar va menejerlar deyarli yo‘q.

LEAVE A RESPONSE

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan