СПОРТ

ФОТО. «Эвертон» стадионида Ўзбекистон байроғи пайдо бўлди

Angliya Premyer-Ligasi 32-turida «Everton» o’z uyida «Lester»ni mag’lub etdi. Risharlison va Sigurdssonning gollariga faqatgina mehmonlar Ixeanachoning bir goli bilan javob qaytara olishdi xolos.

APL o‘yinlarida ko‘ryapmizki, stadiondagi sektorlarda klublarning homiylari aks etgan katta reklamalar sektorlarga joylashtirilib chiqilmoqda.

E’tiborlisi, «Everton» va «Lester» o‘yinida sektorlardan biri O‘zbekiston bayrog‘i uchun ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan biznesmen Alisher Usmonov («USM Holding» ta’sischisi) «Everton»ning yangi stadioni nomlanish huquqini ham sotib olgan. Liverpul klubi va kompaniya o‘rtasidagi bitim 30 million funtga tuzilgan. «Everton» hozirda o‘z uy uchrashuvlarini 1892-yilda ochilgan «Gudison Park»da o‘tkazadi.

LEAVE A RESPONSE

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan