СПОРТ

Виллиан фаолиятини Лондоннинг бошқа бир жамоасида давом эттириши мумкин

«Chelsi» klubi hujumkor yarim himoyachisi Villian mavsum yakunida jamoani tark etishi kutilmoqda.

The Sun’ning xabar berishicha, «aristokratlar» bilan shartnomasi yakuniga yetayotgan 31 yoshli braziliyalik futbolchi «Tottenxem» bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Qayd etilishicha, futbolchining karantindan keyingi o‘yinlari sababli «Chelsi» Villianga yangi shartnoma taklif etgan, biroq braziliyalik futbolchi shartnomasi tugagach jamoani erkin agent sifatida tark etmoqchi.

Avvalroq, Villianning «Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan uchrashgani, portugaliyalik murabbiyning «Chelsi»dagi faoliyatidan buyon braziliyalik futbolchi bilan yaxshi munosabatda ekanligi haqida xabar berilgandi. Villianning o‘zi ham uning oilasiga Londonda yashash qulay ekanligi haqida aytib o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, Villian joriy mavsumda «Chelsi» safida jami 43 o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol va 9ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

MANBA WWW.ONSIDE.UZ

 

LEAVE A RESPONSE

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan