СПОРТ

«Челси» Тер Штеген трансферига Кепани қўшиб беришга тайёр

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, «Chelsi» jamoasi «Barselona» darvozaboni Mark Andre ter Shtegenni sotib olmoqchi.

Klub mazkur transferga Kepa Arrisabalagani qo‘shishga ham tayyor. Shu orqali, londonliklar germaniyalik darvozbon uchun to‘lanadigan tovon pulidan ma’lum qismini tejab qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ter Shtegenning «Barsa» bilan amaldagi kelishuvi 2022-yilga mo‘ljallangan. Rahbariyat u bilan shartnomani uzaytirmoqchi, ammo posbon hozircha bunga ijobiy javob qaytarmadi.

Manba: Mundo Deportivo

LEAVE A RESPONSE

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan