СПОРТ

Жасур Жалолиддинов ва «Бешиктош»ўртасидаги музокаралардаги рақамлар ва муҳим бандлар ҳақида

Jasur Jaloliddinovga Turkiyaning «Beshiktosh» jamoasi qiziqayotgani haqida avval ham xabar bergan edik. Endi bevosita taklifdan o’rin olgan raqamlar va bandlar haqida to’xtalib o’tmoqchimiz.

• «Beshtiktosh» Jasur uchun «Bunyodkor»ga 350 ming yevro to’lamoqchi bo’lgan;

• Bundan tashqari «Beshiktosh» Turkiya chempioni bo’lsa va o’zbekistonlik futbolchi 15 ta o’yinda kamida 45 daqiqadan o’ynagan taqdirda «Bunyodkor»ga yana 50 ming yevro bonus berilardi;

• Futbolchining kelasi transferlaridan «Bunyodkor» akademiyasiga 10% bonus to’lanar edi;

• Jaloliddinov turk jamoasida 15 ming yevro maosh olishi mumkin edi;

• Shuningdek, futbolchi uchun yillik bonuslar ham kafolatlangan edi: 1 yil uchun 50 ming yevro, 2 yil uchun 200 ming yevro, 3 yil uchun – 250 ming yevro, 4-yil uchun – 300 ming yevro.
Yakunda Jasur Jaloliddinov Rossiyaning «Lokomotiv» jamoasi sharafini himoya qilish variantini tanladi. Tez orada bu haqda rasmiy ma’lumot berilishi kutilmoqda.

LEAVE A RESPONSE

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan